XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgan korxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u ham taxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proq qiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi