Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan