Dyumaning "Uch mushketyor" romanida mushketyorlarning jangga tayyorgarlik ko'rishi haqida yozilgan. Ularni ikki xil holatda o'rgatishar ekan. Birinchi holatda qilichdan bo'sh turgan qo'l jangchining orqasida turadi. Ikkinchi holat bor. Ikkinchi holatda qilichdan xoli qo'l yonga ko'tarilgan bo'ladi. Bu usulning ham o'z sababi bor.
Diqqat savol: Qanday sabab tufayli mushketyorlar ushbu holatda jang qilishgan?
Javobni koʼrish
Ular kunduzi jang qilganda birinchi holatda turishadi. Ikkinchi holatda esa qorong'uda jang qilishga to'g'ri kelganda, bo‘sh qo‘lda chiroq ushlab turishadi.