Yangi ko'rishdagi sahifaga o'tish

To'plam 2

27 ta tekstli 3 ta rasmli Avg 4, 2022

PDF

To'plam 2
Savollar tarkibi:
  • 27 ta tekstli
  • 3 ta rasmli
Hamma savollarni ko‘rish
PDF qilib yuklab olish

Savol - 29

Bir ixtirochi yoshligida hayvon o‘rgatuvchining qanaqa qilib sherlar qafasiga kirishi va chiqishini ko‘p kuzatgan

Diqqat savol: Ushbu xotiralari natijasida keyinchalik u qaysi ixtironi loyihalashtirgan?

Javobni koʼrish

Sherlarning katta qafasi qo‘shimcha qafas bilan tutashgan. Sherlar qafasdan chiqib ketmasligi uchun hayvon o‘rgatuvchi oldin kichik qafasga kiradi, kirgan eshigini yopadi, keyin katta qafasning eshigini ochadi. Chiqib ketayotganda ham, xuddi shuni teskarisi, oldin katta qafasdan kichkinasiga kirib, eshigini yopadi va keyin tashqariga obchiqadigan eshikni ochadi. Har qanaqasiga ham sherlar va tashqarini bitta eshik to‘sib turadi. Xuddi shu printsip asosida Ogyust Pikkar g‘avvoslar va kosmonavtlar foydalanadigan shlyuz kameralarini loyihalashtirgan

PDF qilib yuklab olish