Mirzo Ulug‘bek haqida yozilgan tarixiy qissalarning birida shunday parcha bor: shahzoda Abdullatif buyrug‘i bilan Ulug‘bekni qatl qilishga kelgan jallodlar tunda uni qatl qilishmoqchi bo‘ladi. Qatl oldidan u osmonga qaramoqchi bo‘ladi, ammo jallodlar bunga yo‘l qo‘yishmaydi. Mirzo Ulug‘bek so‘nggi xohishini baribir amalga oshiradi
Diqqat savol: Mirzo Ulug‘bekning so‘nggi xohishi nima bo‘lgan va u buni qanday uddalagan?
Javobni koʼrish
Mirzo Ulug‘bekni tunda daryo bo‘yida qatl qilishgan. O‘limidan bir necha soniya oldin ko‘zi yulduzlarga tushadi. U yulduzlarni suv betida ko‘radi.